NATOning Bryusseldagi boş qarorgohida Çernogoriyaning taşkilotga qabul qilinişi işorasi sifatida uning bayroği kötarildi.

5 iyunda taşkilotga rasman qabul qilingan Çernogoriya bayroğining kötarilişi marosimida NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg va Çernogoriya prezidenti Filip Vuyanoviç iştirok etdilar.

Stoltenberg 5 iyunda Vaşingtonda AQŞ davlat departamentida Çernogoriyaning NATOga qabul qilinişi haqidagi hujjatlarni saqlaşga qabul qiliş marosimi bölib ötganini eslatib ötdi.  

"Çernogoriya NATOga teng huquqli a'zo sifatida kirmoqda, u qolganlar bilan teng örin va NATOning kelajagini şakllantirişda teng ovoz olmoqda", deb ta'kidlab ötdi NATO boş kotibi. 

Uning aytişiça, NATO "uning qadriyatlarini qöllab-quvvatlovçi va xavfsizligiga hissa qöşa oladigan" barça davlat uçun oçiqdir.

"Çernogoriyaning qabul qilinişi NATOga intilayotgan barça davlatlar uçun işoradir", deb aytdi Stoltenberg va Çernogoriyaning NATOga qabul qilinişini tarixiy voqea deb atadi.

NATO harbiylari Çernogoriya madhiyasini ijro etayotgan harbiy orkestr sadolari ostida taşkilotning yangi a'zosi bayroğini unga a'zo qolgan 28 ta davlat bayroqlari yonidagi ustunga kötarişdi.

Söngra marosim iştirokçilariga Filip Vuyanoviç yuzlanib, kötarilgan bayroqni "Çernogoriyaning xavfsiz va farovon kelajagi ramzi" deb atadi. "NATO işoniş mumkin bölgan ittifoqdoşdir", deb aytgan Çernogoriya prezidenti. 

Marosim NATO madhiyasi ijrosi bilan yakunlangan.