Toşkent şahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi tomonidan qator vazirlik va idoralar vakillari hamkorligida “Mehnat bozori rivojida – davlat va xususiy sektor hamkorligi” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi.
Ta'kidlaş örinliki, tadbir Prezidentimizning “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlandi.
Oçiq muloqotda tegişli vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari, tajribali tadbirkorlar va yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda Özbekiston iqtisodiyotini isloh qiliş va diversifikatsiyalaş, faol investitsiya siyosati yuritiş hisobiga iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlarini modernizatsiyalaş va texnologik jihatdan qayta jihozlaş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirişni rağbatlantiriş asosida har yili minglab yangi iş örinlari yaratilayotganligi, bu öz navbatida öta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoşlar bandligini ta'minlaş imkonini berayotganligi alohida tilga olindi.


Bandlik masalasini hal qilişda, yangi iş örinlarini taşkil etişda bundan keyin ham nodavlat, jumladan, xususiy sektor yetakçi örinni egallaşi qayd etildi. Uşbu muhim masalaning yeçimi bevosita Özbekistonda tadbirkorlikka keng yöl oçilişi, investitsion va biznes muhitning rivojlanib borişi bilan bevosita boğliq ekanligiga urğu berildi.


Tadbir iştirokçilari tomonidan farmondan közlangan asosiy maqsadlardan biri bu kollej hamda oliy öquv yurtlarini bitirib mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoşlarni munosib iş örinlari bilan ta'minlaş masalasi ekanligi, ularning soni yiliga 500 mingdan ortiq kişini taşkil etişi hisobga olinsa masalaning qançalik dolzarb ahamiyat kasb etişiga e'tibor qaratildi.













