7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari Inomjon Majidov sirtqi ta'lim tizimi haqida ma'lumot berdi.
Ma'lumki, sirtqi ta'lim 10 yilça muqaddam töxtatilgan edi. Biroq joriy yilda talabalar uçta universitetning sirtqi bölimida tahsil oliş imkoniga ega bölişadi.

"2017-2018 öquv yilida Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bölimiga 100 nafar, Navoiy davlat konçilik institutining maxsus sirtqi bölimiga 90 nafar hamda Toşkent temir yöl muhandislari institutining maxsus sirtqi bölimiga 80 nafar talabani qabul qiliş maqsad qilingan. Keçgi ta'lim tizimida töxtaladigan bölsak, hozirda bu soha böyiça jahondagi oliy ta'lim muassasalarining tajribalari örganilmoqda. Özbekistonda ham keçgi ta'lim tizimini joriy qiliş imkoniyatlari izlanmoqda", - dedi Inomjon Madjidov.
Şuningdek, joriy yilda maqsadli qabulni amalga oşiriş mexanizmlari joriy qilinadi.












