Unda yangi öquv yili uçun qabul jarayonlari töğrisidagi savollarga javob berildi.

Brifingda OTMlarga sirtqi bölimlar uçun qabul boşlaniş sanasi haqida ham ma'lumot berildi. Unga köra, sirtqi bölimga hujjatlar kunduzgi bölim kabi 15 iyundan 15 iyulga (şu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Abdusamad Mamanazarov karantin davrida jismoniy tarbiya yönalişida normativlarni topşiriş imtihonlarini ötkaziş tartibi haqida ham gapirdi.

“Kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan ta'lim yönalişlari uçun imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etgan holda 11 iyuldan 20 iyulga qadar, alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yönalişlari uçun esa 25 iyuldan 10 avgustgaça ötkaziladi.

Karantin çeklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ötkaziş muddatlariga özgartiriş kiritilişi mumkin.

Ijodiy va test imtihonlari (pedagogik ta'lim yönalişi) asosida talabalikka qabul qilinadigan yönalişlarda esa ijodiy imtihonlarning faqat bittasi (maxsus jismoniy tayyorgarlik) saqlab qolinadi va qöşimça test topşiriladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonlarni faqat bir kun va uzoği bir soat içida topşirişadi.

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida imtihonlar kasbiy (ijodiy) hamda kasbiy (ijodiy)+test yönalişida taşkil etiladi. Töliq ijodiy imtihon asosida talabalikka qabul qilinadigan yönalişlarda abituriyentlar şu paytga qadar maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikdan taşqari suziş böyiça ham imtihon topşirişar edi. Joriy yilgi qabul mavsumida abituriyentlar faqat maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlik böyiça imtihon topşiradi, sportning suziş turi böyiça imtihon olib taşlandi”, - dedi Mamanazarov.

Ma'lum qilinişiça, alohida iqtidor talab etiladigan hamda kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta'lim yönalişlariga kirişda abituriyentlar faqatgina bitta ta'lim yönalişida tanlovda iştirok etişi mumkin.