Buyuk Britaniya parlamentiga saylovlarda konservatorlar partiyasi yetakçilik qilmoqda va parlamentdagi 650 ta örindan 314 tasini qölga kiritmoqda. Biroq mutlaq köpçilik uçun yana 12 ta örin zarur. Bundan milliy OAV tomondan çop etilgan ekzit-poll (sörovnomalar) natijalari darak bermoqda.

Leyboristik partiya 266 ta örin egallamoqda, Şotlandiya milliy partiyasi 34 ta örin bilan 3-örinni egallamoqda. Liberal-demokratik partiya 14 ta örin olmoqda, Mustaqillik partiyasi esa prognoz böyiça birorta ham örin olmayapti.

Şu tariqa, dastlabki ma'lumotlarga köra, birorta partiya quyi palata – vakillar palatasida mutlaq köpçilik (barça örinlarning yarmidan köpi) olmayapti va endi "mavhum" parlament şakllantiriladi.   

Ayni vaqtda kim va qanday muddatda yangi hukumatni şakllantirişi noaniq bölib qolmoqda. Yangi hukumat şakllantirilgungaça uning avvalgi tarkibi öz vazifalarini bajarişda davom etadi. 

Ekzit-poll BBC, ITV va Sky telekanallari tomondan Buyuk Britaniya böylab 144 ta saylov uçastkasida ötkazildi.