Huawei uç-beş yildan söng şaxsiy kompyuterlar bozorida Apple, Lenovo hamda HP’ni ortda qoldiradi va yetakçiga aylanadi. Bu haqda kompaniya ijroçi direktori yangi noutbuklar çiqqanidan bir neça kun ötib ma'lum qildi.

Xitoy işlab çiqaruvçisi birdaniga uçta noutbuk - MateBook X, MateBook D va MateBook E’ni taqdim etdi. Şu bilan birga, X modeli Apple va uning MacBook’iga töğridan-töğri raqobatçidir. 

«Huawei yangi mahsulotni yaratib, yangi bozorga kiriş harakatida ekan, uning maqsadi – jahon yetakçisiga aylanişdir. Öylaşimça, bu kompaniyaning innovatsion işlanmalar va tadqiqotlarga jiddiy sarmoyalari bilan boğliq. Biz öz imkoniyatlarimizni smartfon misolida körsatdik», - deya xabar berdi kompaniyaning ijroçi direktori Van Byao.

IDC tadqiqotiga köra, şaxsiy kompyuterlar bozori sönggi bir neça yilda pasaymoqda, şuning uçun bu yerdagi raqobat juda kuçli. Hozirgi kunda yetakçi beşlikka HP, Lenovo, Dell, Apple va Acer kiradi. Biroq Van Huawei ulardan özib ketişiga işonmoqda.

Huawei kompaniyasi ötgan yilda 26,19 mlrd. dollar işlab topdi. Smartfonlar yetkazib beriş hajmi esa 29 foizga ösib, 139 million donani taşkil etdi. Bu esa Huawei’ga bozordagi uluş böyiça dunyoda uçinçi öringa çiqiş imkonini berdi.