Ostona şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti iştirokçi davlatlari yetakçilarining navbatdagi ikki kunlik sammiti bölib ötmoqda. Sammitning asosiy voqeasi taşkilotga Hindiston va Pokistonning kirişi böladi. Bu ŞHTni öz tarkibiga kiruvçi davlatlar aholisi soni böyiça eng yirik taşkilotlardan biriga aylantiradi – Şanxay hamkorlik taşkiloti 3 milliarddan köproq insonni, ya'ni Yer sayyorasining deyarli yarmini öziga birlaştiradi.

Sammitning asosiy tadbirlari juma kuni bölib ötadi, payşanba kuni esa davlat rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari boşlandi.

Xabarlarga köra, yetakçilar Taşkilotni rivojlantiriş, terrorizm bilan kuraş, Yaqin Şarq va Afğonistondagi vaziyat, şuningdek, Eronning ŞHTga kiriş böyiça murojaati masalalarini muhokama etişadi. Bundan taşqari, sammitda Hindiston va Pokistonga Taşkilotdagi töla huquqli a'zolik rasman taqdim etiladi.

Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev uşbu sammitni tarixiy, deb atadi.

"Biz xalqaro, mintaqaviy maydonçalar – BMT, Osiyoda özaro harakat va işonç çoralari böyiça Yiğiliş, ŞHTda faol tarzda qatnaşmoqdamiz. Bunga yorqin misol – ŞHTdagi hamkorligimiz. Siz bilan biz taşkilotning tarixiy yiğilişida qatnaşamiz, u Hindiston va Pokistonning qöşilişi tufayli kengayadi", - degan Nazarboyev Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan muzokaralari davomida.

Yiğiliş yakuni böyiça hammasi bölib 11 ta hujjat imzolanadi. Ular orasida – Ostona deklaratsiyasi, ekstremizga qarşi kuraşiş böyiça Konventsiya va yetakçilarning xalqaro terrorizmga qarşi kuraş böyiça qöşma bayonoti bor.