Qozoğiston va Xitoy özaro hamkorlik böyiça bir qator hujjatlarni imzolaşdi.
Oqördada davlat rahbarlari Nursulton Nazarboyev va Si Jinping iştirokida hujjatlar imzolangan. Şuningdek, ikki davlat hukumatlari örtasida hujjatlar imzolangan. Xususan, ikki davlat Qozoğistonga töğridan-töğri investitsiya kiritilişini ta'minlovçi Xitoy-Qozoğiston hamkorligi fondini alohida hollarda soliqdan ozod etiş haqidagi kelişuv imzolangan.
"Bugungi muzokaralarda biz energetika, transport, qişloq xöjaligi sohasi, şuningdek, transçegaraviy suvlardan foydalaniş, xavfsizlik tizimlaridagi hamkorlik hamda ilmiy-texnik sohalar, şuningdek kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik", - degan Nursultan Nazarboyev şartnomalarni imzolaş marosimi yakunida ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida.

Bundan taşqari, Qozoğiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatlari kino işlab çiqariş sohasidagi hamkorlikka kelişişgan, Xorgos daryosida "Çukurbulak (Almali)" beton töğonini quriş, şuningdek, superkompyuter va laboratoriya jihozlari yetkazib beriş böyiça hamkorlik haqida kelişuvlarni imzolaşgan.
"Bugun biz körgazmaga boramiz va birgalikda teleköprik oçamiz, unda hamkorlikning istiqbollari töğrisida gaplaşamiz. Ikki tomonlama integratsiyani yölga qöyişda strategik taşabbuslar ikki davlat uçun ham yangi imkoniyatlarni oçadi. Bizning mamlakatimiz okeanlarga çiqa olmaydi, Xitoy orqali Tinç okeaniga çiqişimiz mumkin", - degan Nursultan Nazarboyev.
Bundan avvalroq Qozoğiston prezidenti qayd etgandiki, ikki davlat örtasida hal qilinmaydigan masala yöq. Prezidentning sözlariga köra Xitoy Qozoğistonning iqtisodiy sohadagi asosiy hamkori hisoblanadi.

Bugun Qozoğiston poytaxtida Şanxay Hamkorlik taşkiloti sammiti oçiladi. Ostonaga taşkilot tarkibidagi davlatlar rahbarlari yetib kelişgan. Ostona sammitidagi asosiy voqea Hindiston va Pokistonning ŞHTning tölaqonli a'zolarga aylanişi bölişi kutilmoqda. ŞHT sammiti iştirokçilari Ostonadagi EXPO-2017 körgazmasiga ham taşrif buyurişadi, bu marosimda iştirok etişini 17 davlat rahbarlari tasdiqlagan.












