Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Ostona sammiti yakunlandi.
ÖzA bergan xabarga köra, davlat rahbarlari kengaşi majlisi yakunlari böyiça qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişga oid asosiy yondaşuvlar, köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş uçun barça sa'y-harakatlarni yönaltirişga qaratilgan muştarak intilişlar öz ifodasini topgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda majlis samarali bölgani, imzolangan hujjatlar ŞHT mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişi ta'kidlandi.
Davlat rahbarlari ŞHT sammiti yuksak saviyada taşkil etilganini ta'kidlab, Qozoğiston tomoniga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdilar.
Ostona sammiti
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida ötgan yiğilişda, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping, Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon, kuzatuvçi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani, Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Hindiston Respublikasi boş vaziri Narendra Modi, Möğuliston Respublikasi prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri Navoz Şarif, Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Ibrohim Rahipur iştirok etdi. Majlisda ŞHT Boş kotibi Raşid Alimov, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnaşdi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Boş kotibi örinbosari Amanjol Janquliyev, ASeAN Boş kotibi Le Liong Min iştirok etdi.
Ötgan yillar davomida ŞHT nufuzli davlatlararo taşkilot sifatida xalqaro maydonda mustahkam örin egalladi, köp tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.
Taşkilotning 2016 yilgi Toşkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ŞHTga a'zo davlat maqomini oliş yölidagi majburiyatlari töğrisidagi memorandumlar imzolangan edi.











