Ostonada Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlari rahbarlarining tor doiradagi yiğilişi boşlandi.

Sammit 9 iyun kuni Ostona şahrining Mustaqillik saroyida davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi bilan boşlandi. Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida ötgan uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon iştirok etdi. 

Davlat rahbarlari avvaliga suratga tuşişgan va keyin muzokaralar stoliga ötirişgan.

Şanxay hamkorlik taşkiloti 1996 yilda «Şanxay beşligi» nomi ostida taşkil etilgan va unga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston asos solişgan. 2001 yilda taşkilotga Özbekiston ham a'zo bölgaç, uning nomi «Şanxay hamkorlik taşkiloti» deb özgartirilgan. Özbekiston uç bor — 2004, 2010 va 2016 yillarda taşkilot sammitiga mezbonlik qilgan. 2016 yilgi sammitda taşkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş böyiça memorandum imzolangan. Ostonadagi sammit çoğida bu davlatlar tölaqonli a'zolarga aylanadi va  taşkilotga a'zo davlatlar soni 8 taga yetadi.

Ayni paytda tört davlat taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega. Bular: Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston. Kuzatuvçilik maqomiga erişiş uçun ariza bergan yana uç davlat bor: Suriya, Misr va Bangladeş.

Muloqot böyiça hamkor davlatlar: Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Şri-Lanka.

Davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasini imzolaşadi, ŞHTning ekstremizmga qarşi Konventsiyasini qabul qiladi. Jami 11ta hujjat imzolanişi kutilmoqda. Şuningdek, davlat rahbarlarining kengaytirilgan tartibda va tor doiralardagi muzokaralari ötkazilişi rejalaştirilgan. Siyosatçilar ŞHTdagi vaziyatni baholab, kelgusidagi qadamlarni belgilab olişadi.

Sammit yakunida taşkilotga raislik Qozoğistondan Xitoyga ötadi. 2018 yilning iyunida Pekinda ŞHTning navbatdagi yiğilişi ötkaziladi.