Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ rahbari kim bölişidan qat'iy nazar, AQŞ siyosati avvalgidek qolişiga işonçi komilligini aytdi. Putin bu fikrni amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida bildirdi. "Putin intervyusi" deb nomlangan hujjatli filmdan bir parça AQŞning Showtime telekanali tomonidan tarqatildi.
"Qiziği, sizning davlatingizda prezidentlar özgaradi, siyosat esa yöq", deb aytgan Putin.
Stoun amerikalik tomoşabinlarga Putinning aytgan sözlarini "amerikança dublyajsiz", aslidek yetkazmoqçi. Film 12-15 iyun kunlari Showtime telekanalida töliq namoyiş qilinadi.












