Rossiya prezidenti Vladimir Putin ŞHT sammiti vaqtida iştirokçi davlatlar rahbarlariga qarata terrorizmga qarşi birgalikda kuraşiş zarurligi haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, terrorizm bilan kuraş kompleks xarakterga ega bölişi va barça mamlakatlar konstruktiv birlaşiş yölidan bormoği lozim.
Rossiya prezidenti çegaralarning xavfsizligini ta'minlaş ŞHT faoliyati uçun muhim hisoblanişi, ayni kunda «terrorizm va ekstremizmning yangi tölqini» taşkilot oldiga muhim vazifalar qöyişini ta'kidlagan.
«Avval ham bir neça marta aytganimdek, bu yovuzlikka qarşi faqat barça kuçlarni birlaştirgan holda qat'iy va halol kuraşiş mumkin. Terroristlarga qarşi kuraş murosasiz ruhda bölişi kerak», — degan Putin.
U terrorizm ğoyalariga qarşi kuraş davomida bunday ğoyalarning kelib çiqişining ijtimoiy va iqtisodiy sabablarini örganiş, bunda esa ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ahamiyati ortişi haqida qöşimça qilgan.












