Odatda, köp joylarda Ramazon kirib kelişi bilan musulmonlarga qulaylik yaratiş maqsadida narx-navolar tuşiriladi yoki kamida oşirilmay turadi. Mana bu Ramazonga, umuman, musulmonlarga bölgan hurmat, Allohning diniga nisbatan munosabatning gözalligidandir. Alloh mana şunday savdogarlarga, tijorat qiluvçilarga baraka beradi. Afsuski, ba'zi savdogarlar Ramazondan “foydalanib”, bu oyda köproq foyda qilib qoliş maqsadida narx-navoni keskin sur'atda oşirib yuboradilar. Sababi, bu oyda oziq-ovqatga bölgan talab köpayar ekan. Töğri, musulmonlar saharlik va iftorlikda dasturxonini çiroyli qiliş maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladilar. Yozning issiq kunlarida meva-sabzavotlarga bölgan talab kuçayadi. Ammo qutluğ damlarda narxlar asossiz oşirilaversa, Ramazonning, musulmonlarning hurmati qayerda qoladi? Inson faqat taşqi jihatga qarab iş köraversa, uzoqqa bormasligi, ösib-unmasligi aniq. Ramazonda narxlarni oşirib, çöntakni qappaytiriş payida bölgan tojir uning kasbidan baraka olib qöyilişi mumkinligini bilmaydi yoki bu haqida öylab körmaydi. U hamma narsaga moddiyat közoynagi bilan nazar soladi. Aslida-çi, aslida bu muborak oyda odamlarga biroz yordam bölsin, ularga xursandçilik bölsin, degan maqsadda narx-navolar tijoratçining öziga ham zarar bölmaydigan tarzda xolisan lilloh arzonlaştirilsa, juda bölmasa, oşirmay turilsa, tijoratda şunday baraka böladiki, buni boşqa vaqtlarda topiş qiyin. Biz sonini emas, sifatini yaxşilaş payida bölaylik. Biz pulning köpligini emas, uning barakasini söraylik.

Boşqa tarafdan olib qaraganda, aynan Ramazon oyida narxlarning oşib ketişiga odamlarning, ya'ni iste'molçilarning özi ham sabab bölmoqda. Nega desangiz, ba'zilar odatiy kunlarda yemaydigan ovqatlarni Ramazonda bosib iste'mol qiladi. Yana boşqalar iftorlik marosimi ötkaziş maqsadida isrofga yöl qöyib, dasturxonni “tökin-soçin” qiliş payida böladi. Bundan heç birimiz köz yuma olmaymiz.

Demak, bu muammoning zamirida nafaqat savdogarlar balki, ikki tomonning ham “hissasi” bor. Ramazonda narxlarning sun'iy oşirilişining oldini oliş uçun nima qiliş kerak? Buning uçun, avvalo, tijoratçilar insofli, diyonatli bölib, uluğ ayyom kunlarida odamlarga yengillik yaratiş, ularga quvonç bağişlaş maqsadida narxlarni arzonlaştirsalar, özlari uçun ham, özgalar uçun ham birdek foydali böladi. Ikkinçidan, iste'molçilar oziq-ovqatlarni isrof qilmay, me'yorida işlatsalar, iftorliklarda dabdabalarga çek qöyilsa, hammasi öz örniga tuşadi.

Unutmaylik, inson bu dunyoga faqat yeb-içiş, kayf-safo qiliş uçun kelmagan. Muborak Ramazon ğanimat. Şu sabab bu oyda bir-birimizga mehr-oqibatli bölsak, rözalarni sabr-toqat bilan tutib, tarovehlarda xulusi niyat bilan qoim bölsak, Allohning roziligini topamiz, inşaalloh!