Doha Moskva bilan konstruktiv ruhdagi muloqotni davom ettirişga umid qilmoqda. Bu haqda Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdurahmon al Taniy Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşuvda ma'lum qildi.
"Biz mintaqaviy holat masalalari böyiça konstruktiv muloqot ötkazdik hamda umid qilamizki, ikki döstona davlat örtasidagi bunday hamkorlik kelajakda ham davom etadi", - degan al Taniy.
Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Moskva Fors körfazi davlatlari uçun asosiy tahdid – bu terrorizm ekaniga, u bilan samarali kuraş uçun esa mintaqa davlatlari va taşqi öyinçilar birdamligini ta'minlaş kerakligiga işonçi komil.
"Albatta, röy berayotgan narsalar içida eng asosiysini köriş muhim, asosiysi esa, bizning fikrça, mintaqa va undan taşqaridagi davlatlar uçun bugungi kundagi eng asosiy tahdid – terrorizmdir. Bu tahdidning oldini oliş va yöq qiliş böyiça sa'y-harakatlarni birlaştiriş, hamkorlikka birlaşiş juda muhim", - degan Lavrov al Taniy bilan muzokaralar davomida.
Uning sözlariga köra, "bu frontdagi maksimal darajada samarali harakatlar uçun ham Arab davlatlari ligasi, ham Fors körfazi arab davlatlari hamkorligi kengaşida birdamlikni ta'minlaş kerak".
Qatar TIV rahbari Rossiyaga qator mamlakatlar Doha bilan diplomatik aloqalarni uzişganidan keyingi oqibatlarni bartaraf etişdagi yordam uçun minnatdorlik bildirdi.
"Qatarga qarşi kiritilgan noqonuniy çoralar oqibatlarini yengib ötişda yordam taklif qilgan Rossiya muassasalariga minnatdorlik bildirmoqçiman. Men davlatlarimiz örtasidagi şunday hamkorlikni juda qadrlayman", - dedi u.
"Men şuni tasdiqlamoqçimanki, Qatar barça ziddiyatlarni muloqot yordamida hal etilişiga oid öz pozitsiyasini özgartirmaydi, hamda Fors körfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengaşi bunday muloqot uçun eng qulay şakldir", - dedi al Taniy.
"Taşrifdan közlangan asosiy maqsad – Rossiyani Qatarga qarşi kiritilgan çoralar, hodisalar bilan taniştiriş. Xususan, mamlakatimizga nisbatan qabul qilingan noqonuniy çoralar bilan ham. Qatar barça ziddiyatni muloqot yöli bilan hal qiliş böyiça pozitsiyasini özgartirmaydi", - dedi u.
Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya va Komor esa Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişdi hamda uşbu mamlakatni terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblaşdi.













