Joriy yilning yanvaridan mayigaça Rossiyadan 22,4 mlrd dollar olib çiqib ketildi. 2016 yilning şu davrida uşbu körsatkiç 10,3 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bundan Rossiya markaziy banki saytida joylaştirilgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.    

"Kapitalning olib çiqib ketilişi borasida ötgan yilga nisbatan bank sektorining xorijiy aktivlarni joylaştiriş va taşqi qarzlarni uziş operatsiyalari yetakçilik qildi. Qolgan sektorlar iqtisodiyotga mablağlar jalb qilib, aksinça, kapitalning sof kirişini ta'minladi", deb aytildi bankda.  

2017 yil yanvar-mayida Rossiyaning joriy operatsiyalari hisobi ijobiy saldosi 27 mlrd dollarni taşkil qilgan. Ötgan yilga nisbatan bu körsatkiç 1,7 barobarga oşgan.    

2016 yilda Rossiyadan kapitalning sof olib çiqilişi 2015 yilga nisbatan 4 marotabaga kamayib, 15,4 mlrd dollarni taşkil qilgandi. 2015 yilda markaziy bank kapitalning sof olib çiqilişini 57,5 mlrd dollarga baholagandi.