Amerikalik 67 yoşli ayol telefonga bor e'tibori qaratgani tufayli oçiq holdagi lyukka (teşikka) tuşib ketdi. Bu haqda CBS New York xabar bergan.

Hodisa Nyu-Jyersida yuz berdi. Mahalliy politsiyadagilarning aytişiça, pensioner ayol gaz idorasi xodimlari tomonidan oçib qöyilgan lyukni payqamagani tufayli ikki metrli şaxtaga tuşib ketgan.

Jabrlanuvçi öğlining jurnalistlarga aytişiça, uning onasida qandli diabet va köriş qobiliyati bilan boğliq muammolar bor.

"U taom qabul qiliş vaqti va qondagi şakar miqdorini doimiy ravişda tekşirib boradi. Menga aytişlariça, u köçada ketayotganida köngli biroz aynigan. Onam telefonni olib, soat neça bölganini tekşirmoqçi edi", - degan erkak.

Ayol şifoxonaga jiddiy jarohatlar bilan olib ketildi, ayni damda uning ahvoli barqaror holatda ekani aytilmoqda.