Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi taşabbusi bilan Toşkentning Wyndham mehmonxonasida (sobiq Dedeman) özbek yengil sanoati mahsulotlarini YeI mamlakatlariga eksport qiliş masalalarini muhokama qiliş maqsadida anjuman taşkil etildi.
“Özbek töqimaçilik mahsulotlarini YeI mamlakatlariga eksport qilişga doir muhim masalalarni hal etiş uçun” mavzusida taşkil etilgan konferensiyada Turkiyaning Özbekistondagi elçisi N.Ye. Ahmat Başar Şon, Özbek va Turk tadbirkorlari assotsiatsiyasi rahbari Erjon Bulut, “Özbekengilsanoat” AK raisi Ilhom Haydarov, YeI delegatsiyasi vakili Svetlin Sergeyenkov hamda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan, turk sarmoyadorlari iştirokida taşkil etilgan töqimaçilik korxonalari rahbarlari, sohada faoliyat yurituvçi tadbirkorlar, OAV xodimlari iştirok etişdi.

Anjumanda sözga çiqqan “Özbekengilsanoat” AK raisi Ilhom Haydarov joriy yil may oyida YeI kengaşi Özbekistondan töqimaçilik mahsulotlarini import qilişga ruxsat bergani, Xalqaro Mehnat taşkiloti respublikada paxta yetiştiriş hamda uning hosilini yiğib olişda majburiy bolalar mehnati yöqligini e'tirof etgani haqida ma'lum qildi. Bu esa, mamlakatda töqimaçilik va trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş va eksport bozorini kengaytirişga ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi.
Şu bilan birga, uning qayd etişiça, bir vaqtlar özbek töqimaçilik va trikotaj mahsulotlari YeIning töqimaçilik bozorida yaxşi talabga ega bölgan. Haydarovning sözlariga köra, yaqin istiqbolda Özbekistonning uşbu sohasida qiymati 2,2 mlrd dollardan ortiq bölgan 120dan ortiq loyihani amalga oşiriş rejalaştirmoqda.

Anjumanda bu borada qilinişi lozim bölgan işlar, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, YeI bozoriga qaytadan çiqiş uçun qilinişi lozim bölgan işlar yuzasidan fikrlar almaşildi, muhokama qilindi.

















