Dehqonçilik insondan sabr-toqat talab qiladi, çunki dehqonçilik har yili bir xil bölaveradigan kasb emas. Ob-havo har xil keladi, bir yil unday, bir yil bunday. Ba'zan qurğoqçilik böladi, ba'zida yoğin köpayib, toşqinlar böladi, sel keladi. Bir-ikki yil hosil bölmay, dehqon zararga kirsa, uçinçi yil barakali kelib, ötgan yillarning xarajatlari ham qoplanib ketadi. Körinib turibdiki, bu kasbda avvalo insonning tavakkuli, qolaversa, sabri sinaladi.
Dehqonçilikning yana bir alohida xususiyati şuki, bu işda odamdan öziga yaraşa bilim va tajribadan taşqari jismoniy kuç-quvvat, xususan, qöl mehnati talab qilinadi. Dehqonçilikning ham öziga yaraşa ilmi bor, bunday ilm bölmasa, dehqonçilik qilib bölmaydi. Yerga ketmon urib, uruğ taşlagan bilan hosil paydo bölib qolmaydi. Yer tanlaşni, uruğ tanlaşni, suğorişni biliş kerak, ekinni parvariş qiliş, işlov berişni biliş kerak, yerdan unumli foydalanişni, almaşlab ekişni, bir ekindan bir yilda bir neça marta hosil olişni biliş kerak – xullas, hammasining öz ilmi bor. Biroq ançagina qöl mehnati ham talab qilinadi bu kasbda. Afsuski, yerga, tabiatga notöğri munosabatda böliş oqibatida bugungi kunda yerlarimiz juda oriqlab ketdi. Ayni paytda yerga sun'iy dori, öğitlar beriş ilmi rivojlandi.
Imom Hakim Termiziy rohimahullohning maşhur asarlari bor. U zot bu asarda köp yillik kuzatişlar, tajribalar, ilmiy tahlillar asosida bu yil dehqonçilik yaxşi böladi, bu yil yomğir yaxşi böladi, bu yil yoğingarçilik yaxşi bölmaydi deb köpçilikka manfaatli körsatmalar berganlar. Hakim Termiziy bu ma'lumotlarni fol oçib topmaganlar, balki ilm, tajriba evaziga aniqlaganlar. Insoniyat bu bilimlarga yillar davomida, asrlar davomida kuzatiş, izlaniş, tajriba töplaş natijasida ega bölgan. Ajdodlarimiz qaysi yili ob-havo qanday bölgan, şu yili hosil qanday bölganiga qarab, boşqa alomat va belgilarga qarab, qaysi yili iqlim şaroiti qanday bölişini, yil qanday kelsa, ob-havo qanday bölişini, qaçon qahatçilik bölişini, qaçon qurğoqçilik bölişini, qaçon möl-kölçilik bölişini taxmin qilganlar, şunga köra falon yili falon meva ekilsa, hosili yaxşi böladi, deb ayta olganlar.
Hakim Termiziy kabi ulamolarimiz bunday bilimlarning barçasini kitoblarga joylab qöyişgan, ilmlarni guruh-guruh qilib, tasniflab, tartiblab berişgan. Hozirgi avlod faqat buni öqib-örganişi va amalda tatbiq qilişi kerak, xolos. Buning ona zaminga, vatanga, yerga, tuproqqa muhabbat bilan yondaşiş kerak. Mehnat bilan, dehqonçilik bilan yeyilgan non şirin böladi, samarasi egasiga yuqadi, hisob-kitobi ham, javobgarligi ham oson böladi.
Rahmatulloh SAYFUDDINOV











