Sobiq Liviya rahbari Muammar Kaddafiyning öğli Saif Al-Islom  Zintan şahrida ozodlikka çiqdi. Bu haqida «Abu Bakr as-Siddiq» qurollangan guruhi xabariga asoslanib, RT xabar berdi. 

Foto: Reuters

Guruh vakillarining ma'lum qilişiça, kenja Kaddafiy mamlakat parlamenti tomonidan e'lon qilingan amnistiyaga binoan ozodlikka çiqqan. 

"Biz janob Saif Al-Islom Muammar Kaddafiyni ozod qilişga qaror qildik. U butkul ozod. Biz Ramazonning 14-kunida uning Zintanni tark etganini tasdiqlaymiz", - deyiladi xabarda. 

Manbaga köra, Saif ötgan oyning oxirida Liviya parlamenti tomonidan e'lon qilingan umumiy amnistiya natijasida ozodlikka çiqqan. U şuningdek mamlakat içida va undan taşqarida tösiqlarsiz harakatlaniş huquqiga ega bölgan.

"Zintan inqilobçilarining harbiy kengaşi" ham şu mazmundagi bayonot bilan çiqdi: "Saif Al-Islom Kaddafiy umumamnistiya qonuni ijrosi asosida ozod etildi".

"Al-Arabiyya"ga köra, hozirda kenja Kaddafiy - Liviya şarqidagi Al-Bayda şahrida. U öz tarafdorlari oldida çiqiş qilişi kutilmoqda.

"Endi muhandis Saif Al-Islom çiqqanidan keyin yaqin bir neça kunlarda dunyoni katta hodisalar kutmoqda", - dedi sobiq mahbusning qarindoşi Ahmad Muharib.

U bu sözlari bilan aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi. 

Saif Al-Islom otasining eng sodiq tarafdorlaridan biri hisoblanadi. U otasining faoliyatida faol iştirok etgan, xususan Liviya ötiş davri milliy kengaşiga qarşilik qiluvçi kuçlarni boşqargan va voris hisoblangan. Şu munosabat bilan tönğiç Kaddafiydan keyin Saif Al-Islom qölga olingan. 

2015 yilning iyul oyida Tripoli appelyatsion sudi Saifni tinç namoyişçilar qotilligiga aloqadorlikda ayblab, ölim jazosiga hukm qilganiga qaramay, «Abu Bakr as-Siddiq» guruhi uni hukumatga topşirmadi.