Bugun Fransiyada mamlakat parlamentiga saylovlarning 1-bosqiçi doirasida ovoz beriş bölib ötadi. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toşkent vaqti bilan 11:00) oçilgan, ovoz beriş keçki soat 20:00gaça (Toşkent vaqti bilan soat 23:00) davom etadi.
Saylovlarda turli partiyalar va saylovoldi bloklari vakillari bölgan 8 ming nafarga yaqin nomzod iştirok etmoqda. Milliy majlisga 577 deputat saylanadi. Ikkinçi tur 18 iyunga belgilangan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron partiyasi parlamentga saylovlar oldidan yetakçilik qilayotgandi.












