Dengiz, avtomobil, vagon, havoda çayqaliş - bu kasallikni qanday ataşmaydi deysiz! Bu holatning mohiyati bir - yoqimsiz belgilar bilan kuzatiluvçi çayqaliş. Katta yoşdagilarning 30 foizi va bolalarning 60 foiziga bu kasallik taniş. Biroq "duşman"ni bilib turib, unga qarşilik qiliş ham oson emas. "Ortodoks" tibbiy portalida şu mavzudagi qiziq maqola taqdim etildi.
Aslida kinetoz yoki harakat kasalligi - bu organizmning noodatiy harakatlarga normal reaksiyasi. Biroq bu hammada ham çayqaliş kasalligini yuzaga keltirmaydi, belgilar faqatgina şunga moyilligi bölgan insonlarda kuzatiladi. Çayqaliş vaqtida va tana holati özgarganda vestibulyar apparat hamda köriş tahlilining muvofiqlaşuvi röy beradi, bu esa yoqimsiz belgilarning paydo bölişiga olib keladi.
Yuzaga kelgan belgilarga qarab harakat kasalligining bir neça şakli farqlanadi.
Asabiy. Uning asosiy belgilari - boş aylanişi, boşdagi oğirlik hissi, boş oğriği, holsizlaniş, uyqu kelişi.
Oşqozon-içak. Unga ta'm bilişdagi özgarişlar, köngil aynişi va qayd qiliş xos.
Yurak-qon tomir. Bunday holatlarda yurakning tez urişi, arterial qon bosimning kötarilişi, yurak ritmining buzilişi kuzatilişi mumkin.
Aralaş. Eng köp uçraydigan turi, köpiçna turli belgilar aralaş holatda kuzatiladi. Çora köriş vaqti keldi!
Dengiz kasalligining qurboni bölişni istamaysizmi? Unda sayohatga oldindan tayyorlaning.
Sayohatga çiqişdan oldin quyidagi qoidalarga amal qiling:
- töyib uxlaşga harakat qiling. Parvozga bir neça kun qolganda uyqu davomiyligini 15 daqiqaga uzaytiring;
- töyib ovqatlanişdan tiyiling. Eng yaxşi variant - yengil tamaddi qiliş;
- xolonolitik va antigistamin preparatlarni qabul qiling. Biroq ularni qabul qilişdan oldin qöllanmasini yaxşilab öqing.
Sayohat vaqtida:
- köproq suyuqlik içing - suvsizlangan organizm çayqaliş sindromini qiyinroq ötkazadi. Yaxşisi şarbat, limonli çoy yoki gazsiz mineral suvini içiş tavsiya etiladi;












