Microsoft kompaniyasi Ye3 körgazmasi doirasida maxsus matbuot anjumani ötkazdi. Unda Xbox One X yangi öyin qurilmasi taqdim etildi. U bozordagi eng kuçli öyin qurilmasiga aylandi.

Kompaniya vakillari sözlariga köra, qurilma öyinlarni 4K kenglik va kadrlarni 60 fps çastotada işga tuşirişi mumkin. Bunga olti teraflopslik grafik karta sabab erişilgan. Taqqoslaş uçun, PS4 Pro işlab çiqaruvçanlik hajmi 4,2 teraflopsni taşkil etadi. Bundan taşqari, Xbox One X Microsoft’ning eng ixçam öyin qurilmasi hisoblanadi. U Xbox One S’da qöllanilişi mumkin bölgan barça aksessuarlar bilan birga işlaşi mumkin.

Xbox One X 2017 yilning 7 noyabr kuni 500 dollar narxda sotuvga çiqariladi.