Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan tuzilgan "Olğa, respublika" harakati Fransiya parlamentining quyi palatasi – Milliy kengaşga saylovlarda yetakçilik qilmoqda. Bundan Fransiya içki işlar vazirligining saylov natijalari böyiça taqdim qilgan ilk ma'lumotlari darak bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, Makron harakati nomzodlari 26,6 foiz ovoz töplaganlar. Fransiyaning eng yirik muxolif partiyasi "Respublikaçilar" 16,4 foiz, Marin Le Penning "Milliy front" partiyasi 14,4 foiz, Jan-Lyuk Melanşonning "Zabt etilmagan Fransiya" partiyasi 10,2 foiz va "Sotsialistik partiya" 7,3 foiz ovoz töplagan.

Nomzodga 1-turda ğolib böliş uçun 50 foizdan köproq ovoz kerak böladi. Uşbu şart bajarilmagan hududlarda bir xaftadan keyin, ya'ni 18 iyunda saylovlarning 2-turi bölib ötadi. Unda eng köp ovoz töplagan nomzod ğolib böladi.