Kollej va litsey o‘quvchilari uchun bepul o‘qish imkoniyatini beradigan tanlov e'lon qilindi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi respublikadagi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun tanlov e'lon qildi. Tanlovga bugundan start berildi va internet tarmog‘idagi www.tanlov.yk.uz sayti orqali bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida uchta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
2-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida ikkita fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
3-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida bitta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat.
O‘quv markazi g‘olib tomonidan tanlanadi. Bunda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi tahsil olmoqchi bo‘lgan oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonlaridagi test sinovlari o‘tadigan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha tayyorlov amalga oshiriladi.
G‘oliblarga o‘z xohishiga binoan bepul o‘qish uchun berilgan sertifikat o‘rniga mukofot sifatida Lenovo Core i5 noutbugi (1-o‘rin), Samsung Galaxy Tabe plansheti (2-o‘rin), Xiaomi RedMi Pro smartfoni (3-o‘rin) berilishi mumkin.
Shuningdek, g‘oliblar o‘z ixtiyori bo‘yicha bepul o‘qish huquqini boshqa shaxsga ham o‘tkazishi mumkin.
Tanlov o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

19:41 / 30.10.2024