11 iyun kuni tan olinmagan Kosovo respublikasi parlamenti uçun saylovlar ötkazildi.

Bi-Bi-Si xabariga köra, saylovlarda mamlakat prezidenti Hoşim Taçiga yaqin «Kosovo demokratik partiyasi» va boş vazirlikka nomzod Ramuş Xaradinayning «Kosovo kelajagi alyansi» koalitsiyasi ustun keldi.

Xabar qilinişiça, ovozlarning 70 foizdan ortiq qismi hisoblab çiqilganda, ikki partiya koalitsiyasi ovozlarning uçdan ikki qismini töplagan, muxolifatdagi «Samoopredeleniye» partiyasi esa 25 foiz ovozga ega bölgan, «Kosovo demokratik ittifoqi» partiyasi boşçiligidagi koalitsiya esa 25,8 foiz ovoz olgan.

Parlamentdagi 120 mandat uçun jami 26ta siyosiy blok kuraş olib bormoqda, konstitutsiyaga köra, 20ta örin millik kamçilik vakillariga (serblar, turklar, aşkallar, tsiganlar) beriladi.

Qayd etiş kerakki, Xaradinay koalitsiyadagi köplab siyosatçilar kabi Skrbiya bilan qurolli nizo faxriysi hisoblanadi va rasmiy Belgrad tomonidan harbiy jinoyatçi sifatida qaraladi.

10 may kuni Kosovo parlamenti hukumatga nisbatan işonçsizlik votumini qöllab-quvvatlagan edi. Uşbu taşabbus bilan «Kosovo uçun taşabbus» muxolif harakati çiqqan edi. Muxolifatning fikriça, hukumat mamlakatdagi muammolarni hal qila olmadi, bu esa siyosiy inqirozga olib keldi.

Şundan söng, prezident Hoşim Taçi parlamentni tarqatib yubordi.