“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Özbekiston notarial idoralari faoliyatini baholaş böyiça ijtimoiy sörov ötkazmoqda.

Foydalanuvçilarga qator savollarga javob beriş taklif etilgan. Masalan, notarial idora xizmatlaridan qaçon oxirgi marta foydalanganliklari va xizmatlar uçun davlat boji miqdorini bilişlari kabi.

Notarial idoralar tomonidan noqonuniy harakatlarga guvoh bölgan fuqarolar javobda bunday vaziyatlardan biri variantini körsatişlari mumkin, masalan, belgilanganidan köra köproq summani, qöşimça hujjatlarni talab qiliş yoki xizmatni taqdim etişdan boş tortiş. Şuningdek, öz javob variantini yozib qoldiriş imkoni ham bor.

Sörov notarial idoraga taşrif buyuriş bilan boğliq muammoli vaziyatlarni ham qamrab oladi. “Notarial idoralar faoliyatida qanday muammolarga guvoh bölgansiz?” savoliga bir neça javob variantlari taklif etildi. Ular orasida: notarial idoralarda xodimlar yetişmasligi, ular tomonidan behurmatsizlik qilinişi, notarial tasdiqlaş uçun bir neça soat yoki kunlab kutiş, taniş-bilişçilik asosida yaxşi xizmat körsatiş, idoraning yaşaş joyidan uzoqda joylaşganligi, xodimlarning texnologiyalardan foydalana olmasligi va boşqalar.

Foydalanuvçilar notarial tizimdagi muammolarni hal qiliş uçun qanday çoralarni köriş lozimligi borasida ham öz fikrlari bilan örtoqlaşişlari mumkin.

Jamoatçilik fikri sörovi 2017 yil 17 iyungaça ötkaziladi.