Bugungi globallaşuv şaroitida mehnat migratsiyasi dunyo iqtisodiy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Buni nafaqat iqtisodçilar, ayni paytda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ham alohida e'tirof etmoqda. Taşkilot vakillari ta'kidlaşiça, jahon iqtisodiyoti borgan sari mehnatkaş-migrantlar zahmatiga uzviy boğliq bölib qolmoqda.
Migratsiya taraqqiyotga eltadi, yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Mehnat resurslaridan turli yönalişlarda oqilona foydalaniş joylarda iqtisodiy va ijtimoiy şaroitlarning yaxşilanişida muhim örin tutadi. Yurtimizda fuqarolarni xorijda uyuşgan holda işga joylaştiriş, ularning huquqlari himoyasini ta'minlaş böyiça faol iş olib borilayapti. Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ham uşbu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda aholining taşqi mehnat migratsiyasini taşkil etiş tizimini hamda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Aholi taşqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilangan. Uşbu yönalişda amalga oşirilgan işlar, yaqin istiqbolda bajarilişi lozim bölgan vazifalar haqida “Xalq sözi” muxbiri aholi taşqi mehnat migratsiyasi agentligi huzuridagi Çet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan köniktiriş va öqitiş markazi direktori Şukur Burhonxöjayev bilan suhbatlaşdi.
— Mamlakatimizda yangi şaroitlarda mehnat migratsiyasiga bölgan munosabat tubdan özgarmoqda, — deydi Ş. Burhonxöjayev. — Migrantlarning yurtimiz iqtisodiyotiga, ayni paytda ular işlayotgan mamlakatlar taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi katta. Öz nav-batida, çet mamlakatlarda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya etişga ustuvor ahamiyat qaratilayapti. Hozirgi kunda Aholi taşqi mehnat migratsiyasi agentligining faol iştirokida uşbu sohadagi huquqiy asoslar takomillaştirilmoqda. Işga yollaş (rekruting), mehnat migratsiyasi töğrisidagi qonun loyihalari işlab çiqilayapti, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş közda tutilmoqda. Ana şunday amaliy işlardan bir misol. Yaqingaça xususiy mehnat şartnomasi asosida xorijda mehnat faoliyati uçun hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda litsenziya olişga ikki oygaça vaqt ketar edi. Endilikda bu muddat 15 kunni taşkil qiladi. Rasmiylaştiriş jarayonini yanada soddalaştiriş böyiça işlar olib borilayapti. Agentlik fuqarolarning işlaş uçun xorijga çiqişiga biror-bir tartib tösqinlik qilmasligi kerak, deb hisoblaydi. Şu sababli yurtdoşlarimizning xorijga çiqib işlaş jarayonini iloji boriça soddalaştiriş ustida boş qotirilayapti.
Mavzuga oid
— Ma'lumki, mehnat migrantlarimizning katta qismi Rossiyada işlaşadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning mazkur mamlakatga qilgan davlat taşrifida uşbu yönalişda muhim kelişuvga erişildi. Bu Rossiyaga işlaş uçun bormoqçi bölgan fuqarolarimizga nima beradi?
— Taşrif doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkiliy asosda qabul qiliş va jalb etiş töğrisida hamda Migratsiya sohasida vakolatli organlarning vakolatxonalarini özaro ta'sis etiş töğrisida bitimlar imzolandi. Şuningdek, migratsiya sohasida hamkorlikning xalqaro tan olingan şakllarini yanada rivojlantirişga kömaklaşiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Imzolangan bitimlar bu boradagi ahvolni özgartirib, odamlarning qonuniy işlaşga bölgan rağbatini oşiradi. Mazkur hujjatlar mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilişning asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Hozirgi vaqtda ularni hayotga tatbiq etiş mexanizmlari işlab çiqilayapti. Hukumatlararo bitim qoidalariga köra, mehnat migrantlarini uyuşgan holda yollaş va jalb qilişda iştirok etayotgan iş beruvçi ularni tegişli standart va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan yaşaş joyi, xavfsiz mehnat şaroiti bilan hamda mehnat muhofazasini ta'minlaşi kerak böladi. Binobarin, iş joyida xavfsizlik texnikasiga rioya etilişi, Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam iş haqi miqdoridan kam bölmagan oylik-maoş tölovini kafolatlaşi lozim. Iş beruvçilar xodimlarni Rossiya Federatsiyasi qonunçiligi talablari böyiça tuzilgan mehnat şartnomalari asosida yollaydi. Unga muvofiq, işçi-xodim dam oliş huquqiga ega böladi, özaro kelişuvga asosan, Özbekistondagi rasmiy bayram kunlarida ham dam olişlari mumkin.
Şu bilan birga, yuqorida aytilganidek, ikki mamlakat hududida migratsiya sohasida vakolatli organlarning vakolatxonalarini özaro ta'sis etiş töğrisida bitim imzolandi. Ular hamkorlikni rivojlantiriş, xalqaro şartnomalarni işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş barobarida, fuqarolarning mehnat migratsiyasi töğrisida axborot töplaş, tahlil qiliş, vakolatlari doirasida ularning huquqlari himoyasi bilan şuğullanadi. 2017-2018 yillarda Moskva, Sankt-Peterburg, Belgorod, Krasnodar, Kaliningrad, Vladivostok, Xabarovsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Yekaterinburg, Tyumen, Volgograd, Qozon va Mineralniye Vodida vakolatxonalar oçiş közda tutilayapti.
— Fuqarolarimizning qaysi mutaxassisliklar böyiça Rossiyada işlaşini uyuşgan holda taşkil etiş rejalaştirilayapti? Uşbu mamlakatda qonuniy mehnat qiliş qançaga tuşadi?
— Rossiyadagi iş beruvçilar taklif etgan barça mutaxassislik böyiça uyuşgan holda işga qabul qiliş taşkil qilinadi. Hozirgi kunda haydovçilar, tikuvçilar, quruvçilar, tokarlar va boşqa mutaxassisliklar böyiça tanlov ketayapti.
Şu örinda tölov töğrisida. Huquqiy hujjatlarga köra, agentlik xöjalik taşkiloti bölib, davlat byudjyetidan mablağ olmaydi. Hujjatlarni, ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş, beriş va muddatini uzaytiriş uçun olingan mablağlar idora faoliyatini moliyalaştirişda muhim manba hisoblanadi. Mavjud tariflar Bandlik va -mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.
Iş topiş, çet ellarda mehnat faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq çiqiş hujjatlarini rasmiylaştiriş xizmatlari haqi eng kam iş haqining 4 baravari, ya'ni qariyb 600 ming söm miqdorida belgilangan. Bölğusi mehnat migranti, şuningdek, Çet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan köniktiriş va öqitiş markazi kurslari uçun ham haq tölaşi mumkin. Bu Rossiya, Polşaga borişni istaganlar uçun 600 ming, Janubiy Koreyaga boradiganlarga 900 ming söm atrofida. Mazkur kurslarda mehnat migrantiga borayotgan davlat qonunlari, an'analari tuşuntiriladi, muloqot qiliş va iş uçun yetarli darajada til örgatiladi, xavfsizlik texnikasi qoidalari va mehnat muhofazasi talablari haqida batafsil axborot beriladi. Yil boşidan beri uşbu markazda qariyb 500 kişi tahsil oldi.
Ayni paytda kompleks tibbiy körikdan ötiş kerak böladi. Bunga 127 ming 500 söm ketadi. Agentlik doirasida sarflanadigan xarajatlar — şular. Ammo xodim, misol uçun, Rossiyada işlaydigan bölsa, patent uçun ham tölov qilişi kerak böladi. Bundan taşqari, çipta, iş joyiga yetib oliş uçun yöl haqi, viza tartibi amal qiladigan davlat uçun esa viza tölovlarini amalga oşirişi lozim.
Albatta, hammada ham yuqorida qayd etilgan tölovlar uçun yetarli darajada mablağ bölmasligi mumkin. Şu sababli ham agentlik moliya muassasalari va ayrim iş beruvçilarning e'tiborini mazkur muammoni hal qilişga qaratmoqda. Yurtimiz hamda -Rossiyaning qator banklari işga ketayotganlarni kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş, öqitiş, yölkira hamda dastlabki yaşaş joyi uçun qisqa muddatli kreditlar ajratiş istagini bildirişdi. Bunda kredit tölovi iş joyida oylik maoşidan uşlab qoliş orqali qoplanadi. Bir qator iş beruvçilar nafaqat yöl haqini, ayni paytda patent uçun ketadigan mablağlarni ham kötarişga tayyor. Bu mablağlar keyinçalik xodimning oylik maoşidan uşlab qolinadi.
— Yuqorida Polşani tilga oldingiz. Yaqinda ommaviy axborot vositalarida uşbu mamlakat yurtimizdan işçilarni yollaşga qiziqayotgani haqida axborotlar paydo bölgan edi. Şu xususda töliqroq ma'lumot bersangiz.
— Uşbu yönalişda hamkorlik joriy yilning 8 fevral kuni boşlangan edi. Öşanda Polşaning “JP Construct sp.z.o.o.” kompaniyasi bilan Özbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatga işga jalb qiliş va yollaş töğrisida bitim imzolandi. Kompaniya Yevropaning uşbu davlatida yiliga 2,5 ming yurtdoşimizni iş bilan ta'minlaşni rejalaştirgan. Joriy yil mart oyida agentlik delegatsiyasi Polşaga taşrif buyurdi. Lodzin va Lyublin hududlari gubernatorlari bilan uçraşuvlarda agentlik taqdimoti ötkazildi hamda mazkur hududlarning yirik biznes tuzilmalari uçun brifinglar taşkil qilindi. Köplab yetakçi kompaniyalar bilan kelajakdagi hamkorlik böyiça hujjatlar imzolandi.
Hozirgi kunda “JP Construct sp.z.o.o.” kompaniyasi 50 nafar kişini tanlab oldi. Yaqin kunlarda ular uşbu mamlakatga ketişadi. “Arrou” kadrlar agentligi haydovçilar, muzlatkiçli sexlar uçun işçilar, boşqa ixtisosliklar böyiça mutaxassislar sörab murojaat qilgan. Ular oddiy talablarni qöyişmoqda, ya'ni xodim mehnatga layoqatli va soğlom, malaka hamda tajribaga ega bölişi, boradigan mamlakatning tili va qonunlarini ma'lum darajada bilişi lozim.
— Mehnat sohasida köp yillik hamkorimiz — Janubiy Koreya bilan munosabatlar qanday rivojlanayapti?
— 2007 — 2017 yillarda Janubiy Koreyaga “erkin yollaş” tizimi böyiça 27 ming nafardan ortiq yurtdoşlarimiz yuborildi. Natijada minglab kişilar mamlakatimizga yangi tajriba va bilim bilan, eng zamonaviy texnologiyalarni özlaştirib qaytişdi. Bugun ular turli sohalarda faoliyat yuritişmoqda. Birgina joriy yil boşidan beri 343 kişi Janubiy Koreyada işlaşga qayta boriş imkoniyatiga ega böldi. Birinçi çorakda agentlik tomonidan uşbu mamlakatga 551 nafar Özbekiston fuqarosi yuborildi. Hozirgi kunda “Tong bokiraligi” ölkasida 16,5 mingdan ortiq yurtdoşlarimiz mehnat qilmoqda. Agentlik muntazam mehnat migrantlari faoliyatini monitoring qilib bormoqda. Janubiy koreyaliklar esa yurtdoşlarimiz haqida ijobiy fikr bildirişmoqda.
Hamkorlarimiz bilan birgalikda yollaş tizimi takomillaştirilayapti. Biz xodimlarning Koreya Respublikasiga borişiga tayyorgarlik muddatini qisqartiriş mexanizmini işlab çiqdik. Natijada uşbu muddat ikki barobar qisqartiriladi hamda 15 — 35 kunni taşkil qiladi.
— Agentlik orqali boşqa mamlakatlarda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz ham bor. Uşbu davlatlarda qanday mutaxassislarga köproq ehtiyoj mavjud?
— Özbekiston va Yaponiya örtasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça faol iş olib borilmoqda. Tegişli vazirliklar özaro anglaşuv memorandumini imzolagan, boşqa qöşma şartnomalar ham mavjud. Joriy yilda 14 nafar Özbekiston fuqarosi Kunçiqar mamlakatning yetakçi kompaniyalarida uç yil davomida malaka oşiradigan böldi. Ömon va Turkiya davlatlari bilan ham uşbu sohada - bitim tuziş maqsadida muzokaralar olib borilayotir.
— Ma'lumki, mehnat migratsiyasi qoida tariqasida bir neça yil davom etadi. Odamlar işlab bölgaç, Vataniga qaytadi. Albatta, qariganda pensiya olişi kerak. Ular Pensiya jamğarmasiga tölovni qanday amalga oşirişadi?
— Xodim çet eldan qaytganidan söng uç kun içida vakolatli organ tomonidan uning pasportidagi çegarani kesib ötganligini tasdiqlovçi ştamp asosida qaysi mamlakatda va qança muddat işlagani töğrisida ma'lumotnoma beriladi. U Pensiya jamğarmasiga suğurta badali tölaş va mehnat daftarçasiga qayd kiritiş uçun asos bölib xizmat qiladi. Çet elda böliş muddatlari, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsulliklar tomonidan ham tasdiqlanişi mumkin.
Xodim kelajakda qança pensiya oliş istagidan kelib çiqqan holda Pensiya jamğarmasiga kiritadigan suğurta badali miqdorini özi belgilaydi. Bunda oylik tölov miqdori eng kam iş haqining bir baravaridan kam bölmasligi kerak. Suğurta badallarini naqd yoki naqdsiz tölaş mumkin.
Çet elda işlayotgan fuqaroning mehnat daftarçasi uning doimiy yaşaş manzili böyiça Pensiya jamğarmasi bölimida saqlanadi va yuritiladi. Pensiya jamğarmasiga - badal kiritilgan davrgina mehnat stajiga qöşiladi. Şunday qilib, fuqarolar agentlik orqali qaysiki mamlakatda işlamasin, mehnat staji töplaydi, suğurta badallarini tölaydi hamda qariganda özi uçun munosib pensiyani kafolatlaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi