11 iyunda Rossiyaning Baykalorti ölkasida soat 19.00larda "Baykal" federal trassasida yölovçi avtobusi ağdarilib ketdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Yöl-transport hodisasi oqibatida 8 kişi halok bölgan, 25 kişi jarohat olgan.
"Avtobusda 51 kişi bölgan, ulardan 8 nafari halok bölgan, 25 nafari jarohat olgan", deb aytildi xabarda. Jarohatlanganlar şifoxonaga yetkazilganlar.
Ma'lum qilinişiça, avtohalokat Petrovsk-Zabaykale tumanidagi Xoxotuy posyolkasidan 7 km ğarbroqda, "Baykal" trassasining 702 kilometrida yuz bergan.
Ta'kidlanişiça, Çita şahriga ketayotgan avtobus yöl çetiga çiqib ketib, ağdaralib ketgan.
Fojia sabablari aniqlaştirilmoqda.











