BAA hukumati uçinçi mamlakat aviakompaniyalariga Qatarga va undan parvozni amalga oşirişda öz havo kengliklari hamda aeroportlaridan foydalanişga ruxsat berdi. Amirlikning WAM axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan BAA fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi bayonotida şu haqda ma'lum qilingan. 

Avvalroq, Fors körfazining qator mamlakatlari, jumladan BAA va Saudiya Arabistoni davlatlari Qatarga uçadigan va undan parvoz qiladigan barça xalqaro aviaqatnovlar uçun öz havo kengliklarini yopgan edi. 

Endilikda yangi tuzatişga köra, "taqiq BAA v Qatarda röyxatdan ötmagan, biroq Qatarga va undan uçayotgan aviakompaniyalar va samolyotlarga tegişli bölmaydi", — deya xabar qilmoqda.

Saudiya Arabistoni hukumati ham xuddi şunday qaror qabul qilgan.

Şuningdek, yangi özgarişlarga köra, Qatar aviatsiyasidan taşqari amalga oşirilayotgan xususiy va charter reyslar ham Qatarga va undan uçişda BAA havo kengliklariga kira oladi. Faqat, buning uçun 24 soat avval reys, yölovçilar ism-şarifi va yuk xususiyati haqida töliq ma'lumot taqdim etiş bilan ruxsat oliş talab etiladi.