Romitan tumani, Qahramon qişloğida yaşovçi, M.Sayfullayevaning yozgan arizasi böyiça olib borilgan tezkor-suriştiruv tadbirlari davomida Romitan tumani, Muğonça MFY, Arabxona qişloğida yaşovçi, “Romitangaz” filiali nazoratçisi M.Bozorov M.Sayfullayevaning işonçiga kirib, tabiiy gazdan bölgan 1500.000 söm qarzi borligini aytib, qarzdorligini 725.000 söm evaziga tölab berişni va'da qilgan, deb xabar bermoqda Buxoro IIB. 

U undan uşbu pullarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, ularni Romitan tumani Poçta aloqa tarmoği kasanaçisi M.Madiyeva bilan birgalikda rasman kassaga kirim qilmasdan soxta kirim kassa orderini tuzib, rasmiy xujjatlarni soxtalaştirganliklari aniqlangan.

Uşbu holat yuzasidan M.Bozorov va M.Madiyevalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va  228-moddasi 1-qismlari jinoyat işi qözğatilgan. 

Muqaddam, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168, 228 va 28-211 moddalari bilan bir neça marotaba sudlangan  Nigora Murodova ham özining qinğir işlarini yana davom ettirib, tuzaliş yöliga ötmasdan jinoyatning boşi berk köçalariga takror kirişni lozim topdi. 

Buxoro tumani, Rabotiqalmoq MFY, Köçkisafet qişloğida yaşovçi fuqarolar U.Asdonov va G.Azimovalarning işonçiga kirib,  tabiiy gazdan bölgan qarzdorliklarini «Buxoro tuman gaz» ta'minoti kompyuter bazasidan vakolatli tanişlari orqali töliq qoplanganligi töğrisida ma'lumotnoma tayyorlab berişini va'da qilgan holda ulardan 4.600.000 söm pullarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, uşbu pullarni özining ehtiyoji uçun sarflab yuborganligi aniqlandi.