Antuan Grizmann «Atletiko» safida öynaşda davom etadi.

Madridliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, uşbu fransiyalik futbolçi bilan 2022 yil yozigaça amal qiladigan yangi şartnoma tuzilgan. Kelişuv bandlari oçiqlanmagan.

Bundan avvalgi xabarlarda Grizmanning «Atletiko» bilan şartnomasida uning maoşi sezilarli darajada oşişi, uning badal puli sifatida belgilangan 100 million yevro – özgarmasdan qolişi aytilgandi.

Uşbu futbolçi «Mançester Yunayted»ga ötiş arafasida «Atletiko»ga yangi futbolçilarni tarkibga jalb qilişi böyiça qöyilgan taqiq tufayli Madridda qolişga qaror qilgandi.