Kanada hukumati NATOning Afğonistonga politsiya instruktorlarini yuboriş böyiça sörovini örganib çiqmoqda. Bu haqda Kanada milliy mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajan ma'lum qilgan.

"Kanada NATOning boşqa ittifoqçilari kabi bu sörovni körib çiqadi", - deya uning sözlarini keltiradi CBC telekanali. Vazir boşqa tafsilotlarga töxtalmagan. Kanada qöşinlari 3 yil muqaddam Afğonistondan olib çiqilgan bölsa-da, Ottava bu mamlakatga moliyaviy yordam berişda davom etmoqda. 

Kanada 2014 yil martida Afğonistondagi 2001 yilda boşlangan harbiy missiyasini tamomlagan, bu mamlakatda 162 nafar kanadalik harbiy xizmatçi halok bölgan edi.