Astronomlarning ma'lum qilişiça, Yupiter yadrosi Quyoşdan atigi million yil keyin şakllangan. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etildi. 

Taxminan 4,6 milliard yil avval gaz va çangli gigant bulutdan Quyoş tizimi hosil bölgan. Eng birinçi Quyoş paydo bölgan, undan keyin esa, nazariy hisob-kitoblarga köra - Yupiter. Biroq sayyoraning aniq yoşini belgilaş qiyin. 

Buning uçun olimlar dastlab meteoritlar yoşini ulardagi molibden va volfram izotoplarini tahliliga asosan  aniqlab olişdi. Ma'lum bölişiça, meteoritlar Quyoş tizimi paydo bölganidan taxminan 2-3 million keyin ikki turli manbada hosil bölgan. 

Tadqiqot mualliflariga köra, haqiqatga eng yaqin izoh - taxminan 1 million yil ilgari paydo bölgan kosmik çang diskining ikkiga ajralişi. Ikki manba birlaşmasligi uçun Yupiter yadrosi massasi yer yadrosi massasidan 20 karra katta bölişi kerak. Şunday ekan, bu vaqtga kelib Yupiter ança katta hajmda bölgan, deb hisoblaşadi olimlar. Keyinçalik uning ösiş sur'ati sekinlaşdi va faqatgina bir neça million yil ötib, u Yerdan 50 barobarga kattalaşdi. Hozirga kelib esa, u Yerdan 318 barobar katta.

Tadqiqot şuningdek, nima uçun Quyoş tizimida Yer hamda  Uran va Neptun kabi "muz gigantlari"ning oraliq massasiga töğri keladigan sayyoralar yöqligiga izoh beradi. Bunday "super-yerlar" boşqa yulduzlar tizimida tarqalgan. Biroq Yupiter qattiq zarraçalarning Quyoş tizimining bir qismidan boşqasiga ötişiga tösqinlik qilgan.