Şimoliy Koreya AQŞ milliy xavfsizligiga eng katta tahdiddir. AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis şunday bayonot bilan çiqdi. Bu haqida 13 iyun kuni Reuters agentligi xabar berdi. 

"Yadroviy qurol dasturi barça uçun oçiq-oydin va haqiqiy tahdid hisoblanadi, rejimning xalqaro huquqqa muvofiq provakatsion harakatlari esa, BMT sanksiyalariga qaramay, töxtamaydi", - dedi Mettis. 

Mudofaa vaziri "Şimoliy Koreyaning yadroviy qurolni işlab çiqişga bölgan intilişi sur'ati va kölamiga köra kengaygani"ni ta'kidladi. 

"Dunyo va xavfsizlikka eng katta tahdid - bu Şimoliy Koreya", - deydi Pentagon rahbari. 

Ta'kidlaş joizki, KXDRning navbatdagi sinovidan söng AQŞ Pxenyanga nisbatan sanksiyalar paketini Xitoy bilan muvofiqlaştirgan holda kengaytirdi.

KXDR hukumati muvaffaqiyatli ötkazilgan sinovlar seriyasi Şimoliy Koreya tez kunlarda qit'alararo ballistik raketa sinovlariga kirişişidan dalolat berayotgani haqida xabar berdi. 

Hodisalarning bunday rivoji Vaşingtonda ham bölişi mumkinligi, biroq AQŞ bunday hujumlardan raketa mudofaa tizimi bilan işonçli himoyalangani ta'kidlanmoqda.