Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 2 iyun kuni imzolangan «Toşkent şahridagi ba'zi geografik obektlar nomlarini tartibga keltiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq Toşkent şahridagi 7 tumanda köçalar nomlariga özgartirişlar kiritilgan.

Qarorga köra, Bektemir, Yaşnobod, Olmazor, Uçtepa, Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi ba'zi joy, köçalarga yangi nom berilgan va qayta nomlangan. Jumladan, Bektemir tumanidagi Bardonköl köçasi Majnuntol köçasi deb qayta nomlandi. Yakkasaroy tumanidagi Fozilota qabristoni Yakkasaroy qabristoni deb ataladigan bölgan.

Yaşnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud-2 tor köçasi — Pahlavon Mahmud köçasi, M.Musaxonov 1-tor köçasi —Pahlavon Mahmud tor köçasi hamda M.Musaxonov 1 va 2-berk köçalari — Pahlavon Mahmud 1 va 2-berk köçalari deya qayta nomlandi.

Olmazor tumanidagi Yangi tor köçalar Çuqursoy 6-7-8- tor köçasi va Noraztepa 5-6-7-8-tor köçasi deb nomlandi. Uçtepa tumanidagi Tuyatortar köçasi Kökça Oqtepa köçasi deb qayta nomlandi.

Yunusobod tumanidagi Boğişamol va Yangişahar köçalari oraliğidagi yangi köçaga Yangişahar köçasi hamda Dörmon yöli va Boğişamol köçalari oraliğida taşkil topgan köçaga Dörmon yöli köçasi deb nom berildi. Şuningdek, Ahrorobod 2-berk köçasi Ahrorobod tor köçasi deb nomlandi.

Sergeli tumanidagi Yangi tor köçalarga Savatçi 2-3-4-5-6-tor köça, Şohruhiya köçasiga Samo köçasi, Yangi berk köçalarga Samo 1-2-berk köçasi, Hamza köçasi Favvora köçasi deb nomlandi. Qöyliq-6 dahasidagi yangi köçaga Nufuzli köçasi deya nom berilgan ("Qöşqörğon" mahallasi). Sayfi Olimov 1-berk köçasi Qumariq 4-berk köçasi deya qayta nomlangan (tutaş köça nomlari uyğunlaştirilgan).

Yangi nom berilgan va qayta nomlangan köçalar röyxati bilan batafsil uşbu hujjatda (PDF) tanişiş mumkin.