Turkiya va AQŞ prezidentlari Toyyib Erdöğan hamda Donald Tramp Qatar bilan boğliq vaziyatni muhokama qilişadi, deb xabar berdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli seşanba kuni.

"Bizning prezident yaqin kunlarda prezident Tramp bilan telefon orqali muloqot ötkazadi. Unda tomonlar Qatar bilan boğliq vaziyatni muhokama etişadi", - deya Çavuşöğlining sözlarini keltiradi Hurriyet gazetasi.

Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya va Komor Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişdi. Ular Dohani xalqaro terrorçilik guruhlarini moliyalaştirişda ayblaşmoqda.

Turkiya parlamenti esa 7 iyun kuni turk harbiy xizmatçilarini Qatardagi bazada joylaştirişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi.