AQŞ sönggi 25 yilda ilk marotaba Rossiya kuni munosabati bilan RF elçixonasiga tabrik yöllamadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga diplomatik vakolatxona vakili Nikolay Laxonin ma'lum qilgan.
«Biz Amerika tomoni Rossiya kuni munosabati bilan tabriknoma yubormaganini tasdiqlaymiz. Bunaqas birinçi marta. Xulosa özingizdan», — degan Laxonin.
Bu bayonot Amerika taşqi işlar vaziri Reks Tillersonning Amerika-Rossiya munosabatlari xususidagi fikrlari bilan bir vaqtda yangradi. Tillerson ikki davlat örtasidagi munosabatlar eng quyi darajada ekani va u pasayişda davom etayotganini aytgandi.
12 iyun kuni RFda Rossiya kuni 15 marotaba nişonlandi. Bundan avval, 10 yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi davlat mustaqilligi töğrisidagi deklaratsiya qabul qilingan kun sifatida nişonlangan.
Moskva şahridagi bayram tadbirlari va ommaviy sayllarda 2,5 millionga yaqin kişi qatnaşdi.












