Maqolani yozayotgan paytim rosa öyladim: qanday yoziş kerak? Tanqidga burkab taşlaş kerakmi yo beparvolarça, könikkan odamning niqobini taqib olaymikan? Menimça, ikki holat ham endi foyda bermaydi. Babayanni olib taşlaşsa ham, örniga kimdirni qöyişsa ham, mutlaqo farqsiz ekanini sezyapman. Çunki hammasi allaqaçon boy berib bölingan, aslida biz özimizni özimiz aldab kelayotgan edik. Biz Sergeli tumaniga bormoqçi bölgan maşina yölni Yunusobodga burib yuborganini körsak-da, kutib turdik, balkim Sirğalidan çiqib qolar, deb. Yöq, yöl baribir aldamas ekan. Qayoqqa qarab ketayotgan bölsak, öşa yer bizni kutib oldi. Biz Eronni jahon çempionatiga kuzatib qöygani borib keldik Tehronga. Boşqa nimaga ham yarardik?..
Özbekiston terma jamoasi muxlislarini men yoş bolaga öxşataman. Öyinçoği olib qöyilganida rosa yiğlaydigan, söng bitta muzqaymoq bilan aldab qöysa, xursand bölib, boyagi holatidan asar ham qolmaydigan yoş bolalarga öxşaymiz. Tinmasdan aldab kelayotgan kattalarning hiylasiga beparvo, sofligiça qoladigan yoş bolalarmiz. Işonavering. Hammamiz.
Yaqinda «Yuventus»ning aşaddiy bir muxlisi Turin superklubining mağlubiyatidan söng suyukli jamoasidan voz keçganligi haqida ariza yozdi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda ança tarqadi. Maktubning mazmuni quyidagiça: «Yuve», men senga 1997 yildan beri muxlislik qilaman. Eng oğir damlaringda ham muxlislik qildim. Sendan voz keçmadim. Lekin sen mening işonçlarimni eng muhim pallalarda suiiste'mol qilaverding. YeÇL finallarida, millionlab işqibozlaringni hurmatini qilmading, sen bizni aldading. Kubokning oldiga kelganimizda yengilaverding. Dastlab maktabda ustimdan kulişdi, keyin institutda, söng işxonada. Ular özlarining «Barsa»siyu «Real»i, «Bavariya»siyu «MYu»sining «şalpangquloq» kubokni kötarganini gapiraverib, meni qon qilib kelişdi. Sen esa, loaqal bir marta bölsa ham öz muxlislaring obrösini himoya qilmading, uyaltirib kelaverding. Şu bugun men sendan voz keçaman, ey sovrinsiz jamoa!»
Muxlis zoti klubidan voz keçişi mumkin, biroq terma jamoadan voz keça olmaydi-da, mana şu tomondan biz «Yuve»ning kattarib qolgan muxlisi oldida yoş bolaligimizça qolsak kerak. Ha, Vatanni tanlab yo aliştirib bölmaydi. «Yuventus»ku, harakat qildi, qilgan va bundan keyin ham harakat qiladi, sönggi soniyalarda nimadir xalaqit berayotgani boşqa masala, ammo bizning suyuklilarimiz harakat ham qilişmadi, hamma gap şunda. Yurt libosida maydonga tuşajak yigitlar ulardan heç qaçon voz keça olmaydigan muxlislarining ustidan kulişda davom etişdi. Voz keçolmasligimizni bilib turib kulişdi. Yoş bolamasmizmi, ayting-çi?
Smartfonimda şaxmat öyini bor. Nuqul uçinçi bosqiçdan ötaman-da, törtinçisini boy beraman. Şaxmat dasturini tuzganlarga kuçim yetmaydi. Bu kuraş deyarli bir yildan beri davom etadi. Özim yutqazsam-da, kiçkina öğlimga uçinçi bosqiçni yengganimni körsatib, «öta kuçli öynaşim»ni isbotlay olaman. U yoş bola emasmi, işonadi. Terma jamoamiz ham xuddi şunday. Öğlimga işlatgan uslubimni bu jamoa bizga — kap-katta odamlarga qöllab kelmoqda. 25 yildan beri-ya, örtoqlar! Öğlim-ku, sal kattarib, men uni çalğitganimni bilib qolar, ammo terma jamoamiz öz muxlislarini heç ham kattarmaydigan, yoş bolaligiça qolib ketadigan ajabtovur odamçalar deb tasavvur qiladi, şekilli, öz yolğonida bardavom bölib kelmoqda. Rostan ham biz kattarmadik.











