Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev seşanba kuni mamlakatdagi sud organlarining adolatli faoliyatini ta'minlaşga bağişlangan videoselektor yiğilişini ötkazdi. Bu haqida "Axborot" dasturida xabar berildi. 

Yiğilişda sudyalarni kasbiy tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş masalasi ham atrofliça muhokama qilindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bu boradagi işlarning samarasini oşiriş maqsadida ixtisoslaşgan öquv muassasasi - Odil sudlov akademiyasini taşkil etiş haqida bildirilgan taklifi majlis qatnaşçilari tomonidan qöllab-quvvatlandi. 

Tadbirda yana bir muhim taklif - xalq oldida obro‘-e'tibor qozongan sudyalarning hayot yöli, odil sudlovni amalga oşirişdagi ijobiy tajribani ommalaştiriş uçun "Sudyalar klubi" va "Sud himoyasida" ruknlari ostida markaziy telekanallar va gazetalarda muntazam ravişda turkum körsatuv va maqolalar e'lon qilib boriş haqidagi amaliy fikr ilgari surildi va yiğiliş ahli tomonidan ma'qullandi. 

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş maqsadida bu boradagi işlarni mahalla, korxona va taşkilotlarda, sayyor sud majlislarida köriş kölamini kengaytiriş, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, jumladan elektron sud stanografiyasi, videokonferents aloqani keng joriy qiliş sud qarorlarini ta'minlovçi idoralararo elektron ma'lumot almaşiş tizimini şakllantiriş, odil sudlovni amalga oşiriş jarayonining doimiy organi, muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş masalalari ham muhokama qilindi va bu borada amaliy tavsiyalar berildi. 

Prezident tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va şaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat boşqaruv organlarida faoliyat körsatayotgan barça insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi bölib qolişi darkorligini alohida ta'kidladi.