Qatar riyolining dollarga nisbatan qiymati seşanba kuni 19 yillik minimum körsatkiçga tuşib ketdi. Bu diplomatik inqiroz davom etayotgani fonida yuz berdi, deb xabar bermoqda The Financial Times. 

USD/QAR juftligi 1998 yildan beri ilk bora 3,67 AQŞ dollarilik körsatkiçga yetdi. 

Qatar moliyaviy tizimi qator arab davlatlari uşbu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzişganidan söng bosim ostida qoldi. Bu qaror uşbu davlat terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlaşi bilan boğliq gumonlar ortidan qabul qilindi.

Şundan söng mamlakat aksiyalari bozori taxminan 9 foizga tuşib ketdi, mamlakat valyutasi esa 11 yillik minimumni yangiladi.

Qatar moliya vaziri Ali Şarif Al-Imodiy sarmoyadorlarni tinçlantiriş harakatida. Uning ma'lum qilişiça, «Qatarda öziga kerakli bölgan aktivlar va qimmatli qoğozlar bor. Xorijiy aktivlar va sarmoyalar mamlakat YaIMning 250 foizdan ortiğini taşkil etadi».