Osiyo mintaqasi JÇ-2018 saralaşi A guruhida 8-tur Qatar va Janubiy Koreya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvdan keyin yakunlandi. Dohada keçgan dramatik bahsda mezbonlar 3:2 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Öyinning 25-daqiqasida Hasan Al-Haydos jarima zarbasini aniq amalga oşirib, mezbonlarni oldinga olib çiqqan gol muallifiga aylandi. Birinçi bölimda boşqa gol urilmadi.

Ikkinçi bölim Qatarning hujumlari bilan boşlandi va bu hujumlar 51-daqiqada öz samarasini berdi, mezbonlarning ajoyib taşkillaştirgan kombinatsiyalarini Akrom Afif çiroyli gol bilan yakunladi - 2:0.

Ammo köp vaqt ötmasdan, uçraşuvning 62-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirişga erişdi, öng qanotdan oldinga ötgan koreyalik futbolçi töpni markazga uzatdi, Ki Song Yon uni töxtatib ötirmay darvozaga yölladi va jamoasining ilk javob goliga mualliflik qildi.

70-daqiqa ötib borayotgan bir vaqtda mehmonlar yana öng qanotdan hujum taşkillaştirdi, jarima maydoniga uzatilgan töpni Hvan Il Su şerigi Hvan Hi Çanga taşlab berdi va hujumçi möljalda adaşmadi - 2:2.

Oradan 4 daqiqa ötib esa mezbonlar tezkor hujum uyuştirişdi, Tabata Hasan Al-Haydosni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqardi. Qatarlik hujumçi esa öz imkoniyatidan unumli foydalandi - 3:2.

Qatarning uşbu ğalabasidan söng guruhdagi vaziyat çigallaşdi. Qatar (7 oçko) Xitoyni ortda qoldirib beşinçi öringa kötarilib oldi, Janubiy Koreyadagi oçkolar soni 13taligiça qoldi va bu terma  jamoa ikkinçi örindan kötarilmadi 12 iyun kuni Eronga yutqazgaç, 12 oçko bilan uçinçi örindan qimirlamagan Özbekistondan uzoqlaşib keta olmadi. Qatarning ğalabasi Samvel Babayan qöli ostidagi Özbekiston terma jamoasi foydasiga işladi, endi özbekistonlik futbolçilar keyingi ikki turda Xitoyni safarda, Janubiy Koreyani Toşkentda yengib, JÇ-2018ga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritişi mumkin. Eron esa Özbekistonni yengib, Rossiyada ötkaziladigan mundial yöllanmasini qölga kiritgan bölsa, Janubiy Koreyaning mağlubiyatidan keyin, guruhdagi birinçi örinni naqd qildi.

Bundan avvalroq, tur doirasidagi boşqa uçraşuvda Xitoy Suriyaga qarşi öyinda durangga erişgan, bu natija esa törtinçi örindagi suriyaliklar uçinçi örindagi Özbekistonga yetib olmasligini ta'minlagandi.

Sentyabrda bölib ötadigan navbatdagi, 9-turda Özbekiston Xitoyga safar qiladi, Suriya Qatarni qabul qiladi, Eron esa Seulda Janubiy Koreyaga qarşi maydonga tuşadi.