Milliy basketbol assotsiatsiyasining joriy mavsumi ğolib jamoasi "Golden Steyt" basketbolçilari AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişdan boş tortdilar. Bu haqda amerikalik jurnalist Şon King tvitterda ma'lum qildi.
Oq uydagi an'anaviy qabulga bormaslik qarori jamoa basketbolçilari tomondan bir ovozdan qabul qilingan. Basketbolçilarning bunday qilişlari sabablari ma'lum qilinmagan.
13 iyunda "Golden Steyt Uorriors" jamoasi "Klivlend Kavalers"ga qarşi final seriyasining 5-uçraşuvida 129:120 hisobida ğolib bölib, MBAning beş karra çempioniga aylandi. Seriyadagi umumiy hisob esa 4:1 ni taşkil qilgan.












