12 iyundan AQŞning Showtime kabel telekanali orqali amerikalik rejissyor Oliver Stounning "Putin bilan intervyu" hujjatli filmi namoyiş qilinmoqda. Stoun bu hujjatli filmni ikki yil davomida tayyorlagan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin intervyusida ot minişga qiziqişi va sport bilan muntazam şuğullanişi haqida sözlab berdi.

"Ha, afsuski, men otlardan yiqilganman. Umbaloq oşganman", deb ta'kidlab ötdi Putin.

Putin şuningdek sport bilan yoşligidan şuğullanib kelişi va maşğulotlarni heç qaçon kanda qilmasligi va töxtatmasligi haqida sözlab berdi. Uning aytişiça, u sport murabbiyiga ehtiyoj sezmaydi. 

"Men göyoki öz-özimga murabbiydekman. Murabbiylar musobaqalarda iştirok etmoqçi bölgan odamlarga kerak. Men sport bilan jismoniy tarbiya sifatida şuğullanaman. Men 13-14 yoşimdan boşlab butun umrim davomida sport bilan şuğullanib kelaman. Muntazam. Heç qaçon töxtatmaganman", deb aytdi Putin.