«Real»ning soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşda ayblanayotgan hujumçisi Kriştianu Ronaldu advokati Lobo Xaverning ma'lum qilişiça, uning mijozi daromadlarini yaşirmagan. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Kriştianu bilan boğliq vaziyatni «Barselona» forvardi Lionel Messi maşmaşasi bilan taqqoslaş notöğri.
 
«Daromadlar yaşirilmagan, deklaratsiya bor edi, u qandaydir sabablar tufayli ispan soliq boşqarmasiga yoqmagan. Biroq heç bitta qonun yoki norma öyinçi nimanidir buzganini belgilab bera olmaydi.

Messi va soliq idorasi ta'qib etgan boşqa öyinçilar bilan boğliq holatlar umuman boşqa, sababi ular heç narsani deklaratsiyadan ötkazişmagan. Ronaldu esa, uning işini suriştiruvdan ötkazişni boşlaganlariga qadar, daromadlarning özi kerakli, deb hisoblagan qismini deklaratsiyadan ötkazdi», - deya Xaverning sözlarini keltiradi Cadena Ser. 

Portugaliya terma jamoasi futbolçisi 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln yevrolik soliqlarni tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblanmoqda. Xususan, matbuotning xabar berişiça, futbolçi buni 2010 yilda taşkil etgan jamoat taşkiloti yordamida qilgan. Ronaldu imidj huquqlaridan olgan pullarni ham tölamaslikda ayblanmoqda. Umumiy hisobda öyinçi Ispaniya soliq organlariga qarşi törtta jinoyatda ayblandi.