Ispaniya hukumati butun dunyoga maşhur fransuz "örgimçak-odam"i Alen Roberni Barselonadagi yana bir osmonöpar inşootni zab etgani uçun jarimaga tortdi. Periodico gazetasi şu haqida xabar berdi. 

Naşr ma'lumotiga köra, duşanba kuni Rober Melia Barcelona Sky mehmonxonasining 116 metrli binosiga kötarilgan. Tomda uni şahar gvardiyasi vakillari kutib olgan. Jarima hajmi 100-600 yevroni taşkil qilişi mumkin.

Bundan avval Rober Barselonadagi eng maşhur osmonöpar binolardan biri Agbar minorasi - 145 metr balandlikdagi 34 qavatli binoni zabt etgan.

Rober 1994 yildan buyon osmonöpar binolarni zabt etib keladi. U şu kunga qadar 130 marta turli obektlarga kötarilgan. Dubaydagi "Burj al-xalifa" ham şular jumlasidandir.