Örta tibbiyot xodimlari mehnatini baholaş, samarali faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni munosib rağbatlantiriş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va kelajakda bilim va mahoratlarini yanada oşirişlari uçun şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida, mana, bir neça yildirki, “Hamşira” körik-tanlovi ötkazib kelinmoqda.
Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, öz mavqei va obro‘-e'tiborini yöqotmay, munosib tarzda taşkil etilayotgan tanlov 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da özgaça tayyorgarlik va kötarinki ruhda ötkazildi.
“Hamşira — 2017” körik-tanlovining yakuniy final bosqiçi Toşkent şahrida ötkazildi. Bu galgi tanlov taşkiliy va mazmun jihatdan har yilgidanda özgaça tartibda ötdi.
Tanlovning Respublika bosqiçida iştirokçilar uç turdagi şart böyiça öz mahoratlarini namoyiş etişdi. Har bir şart 10 ballik mezon asosida hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Birinçi şartda iştirokçilar tibbiyot sohasidagi amaliy bilimlarini sinovdan ötkazişdi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida ötkazilgan uşbu şartda hamşiralarning bemor bilan muloqot madaniyati, uning ahvolini töğri baholab, muolajalarni tibbiy asbob-uskunalardan unumli foydalangan holda sifatli bajarişi baholandi.
Ikkinçi şartda hakamlar hay'ati iştirokçilarning tibbiyot sohasidagi nazariy bilimlarini sinovdan ötkazişdi. Bunda hamşiralarning şoşilinç tez tibbiy yordam, birlamçi patronaj tizimi, reproduktiv salomatlik va akuşerlik yordami, terapiya, xirurgiya, pediatriya, geriatriya kabi 7 ta yönaliş böyiça nazariy va amaliy könikmalarini bosqiçma-bosqiç bajariş algoritmi baholandi.
Şundan söng hamşiralarning tibbiy, ijtimoiy-siyosiy bilimlari sinovdan ötkazildi. Uçinçi şartda hakamlar iştirokçilarning mamlakatimizda ötkazilayotgan tub islohotlar, xususan, soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlar mohiyati va unda hamşiralarning örni va vazifasi, tibbiy tahlil natijalariga köra kasallik belgilarini aniqlaşi va hamşiralik yordamini taşkil etiş, epidemiologik holat yuz berganda köriladigan çora-tadbirlar böyiça nazariy bilimlari sinovdan ötkazişdi.
Toşkent Şahar şoşilinç tez tibbiy yordam şifoxonasi hamşirasi Şahnoza Pozilova birinçi örinni, Pop tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimi hamşirasi Feruza Bötayeva ikkinçi, Buxoro viloyat köptarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bölimi hamşirasi Muharram Salimova uçinçi örinni qölga kiritdi.

Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.











