BAAning Dubaydagi köçmas mulk agentlari şahar amirlikda Qatar fuqarolariga tegişli binolarning ommaviy ravişda sotilayotganini qayd etişdi. Ular kelasi hafta 19 iyungaça BAAni tark etişlari kerak, deb yozmoqda National jurnali.
Agentlarga köra, BAAda biznes yurituvçi qatarliklar tijorat va turarjoy binolari, yer uçastkalari va butun boşli binolarni ham birdek sotmoqda. Bunda, şoşilinç bölgani sababli mazkur inşootlarga çegirmalar tannarxining 20 foizgaça etib belgilangan.
5 iyun kuni BAA Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganidan keyin, mamlakatdagi qatarliklarga BAAni tark etişlari uçun 14 kun muhlat bergan edi.
Dubay yer departamenti ma'lumotlariga köra, 2015 yili qatarliklar Dubay köçmas mulk bozoriga 2,8 milliard dirxam (76 million dollar) sarmoya kiritgan. Bu 2015 yilgi umumiy köçmas mulk oldi-sotdisining 2 foizidir. 2016 yilda birmunça past bölgan. Rasmiy manbalarga köra, ötgan yili qatarliklarning Kuvayt bilan birga Dubay köçmas mulkiga kiritgan sarmoyasi 2 milliard dirxam (54 million dollarga yaqin)ni taşkil etgan.












