2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 03:30 larda muqaddam sudlangan Davron Mirzaxöja öğli Abdullayev özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Olmazor tumani hududida fuqaro Abduraşid Umarovning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) uyiga ğayriqonuniy ravişda kirib, bahosi 4.000.000 sömlik «Roison» rusumli televizorini öğirlab, hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölgan vaqtda, uşbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (öğirlik, ya'ni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda uy-joyiga ğayriqonuniy ravişda kirib, talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.












