«Real» öz hujumçisi Alvaro Morata uçun belgilangan narxni pasaytirmoqçi emas.
Marca tarqatgan xabarga köra, «Qirollik klubi» rahbariyati avvaliga futbolçisini transferga qöyişni aslo istamagandi, ammo rahbariyat endi uni 90 mln yevro evaziga sotişga rozi böladi.
Jamoaning bunday qat'iylik körsatişiga boş murabbiy Zinedin Zidan Morata ketişini istamayotgani bilan boğliq. Klubdagilar Morataning yakunlangan mavsumda körsatgan öyinlaridan qoniqiş hosil qilişgan, ammo futbolçining özi öyin amaliyoti kamligidan norozi bölmoqda.
Ispaniya çempionatining yakunlangan mavsumida Morata 26 uçraşuvda iştirok etdi (şundan 14tasida boşlanğiç tarkib). U bu uçraşuvlarda 15 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.












