Samarqand şahridagi “Samarqand kitob olami” savdo majmuasida Samarqand şahar hokimi V.S.Rahimov bilan umumiy örta ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan iqtidorli öquvçilar iştirokida “Hokim va iqtidorli öquvçi yoşlar uçraşuvi” mavzusida tadbir ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, uçraşuvda Samarqand şahar hokimi örinbosari B.Rahmatullayev, Samarqand şahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi rahbari X.Hojiqulov va qator maktablar direktor hamda direktor örinbosarlari qatnaşişdi.

Samarqand şahar xalq ta'limi tizimida amalga oşirilgan işlar haqida “Asrlarga teng yillar” nomli videorolik namoyiş etildi. Videorolik namoyişidan söng söz Samarqand şahar hokimi Vohid Rahimovga berildi.
Şundan söng öquvçi-yoşlar tomonidan kitob haqida tayyorlangan şe'rlar, hikmatli sözlar, sahna körinişlar namoyiş etildi va öquvçilar şahar hokimiga özlarini qiziqtirgan savol va takliflarni berişdi.
Savollarga berilgan javoblardan söng 3 nafar iqtidorli öquvçilar öz fikr-mulohazalarini ingliz, fransuz va nemis tillarida bayon qilişdi.

Tadbir yakunida qatnaşçilarga erişgan natijalariga köra nominatsiyalar belgilandi: “Çet tili bilimdoni”,“Eng iqtidorli öquvçi”, “Eng taşabbuskor öquvçi”, “Eng faol öquvçi”, “Eng ijodkor öquvçi”, “Eng intiluvçan öquvçi”, “Teran fikr sohibi”, “Yoş qalamkaş”, “Sportda yuqori natijaga erişgan öquvçi”, “Eng mazmunli savol sohibi”.
Iqtidorli-ijodkor öquvçilar va “Bilimlar bellaşuvi” viloyat bosqiçi ğoliblari şahar hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovğalari - badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.













